Postekoglu Ronalduning faoliyatini yakunlashidan oldingi bosh maqsadini aytdi

4 sen 2026, 10:30
"Al Nacsr" bosh murabbiyi Angelos Postekoglu Saudiya klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Menga buyuk futbolchilar bilan ishlash baxti nasib etgan va shaxsiyatining turidan qati nazar, ularning barchasi bir xil fazilatlarga ega.

Ularning barchasi juda yuqori motivaciyaga ega va bor e'tiborini qaratgan. Odamlar: "Ularni qanday boshqarasiz?" deb so'rashadi. Bu klubning sobiq murabbiylaridan biri takidlaganidek: bazida odamlar shunchaki o'zini buyuk deb hisoblaydiganlarga qaraganda haqiqiy buyuk futbolchilar bilan ishlash ancha osonroq ekanini tushunishmaydi. Chunki buyuk futbolchilar tinimsiz mehnat qilishadi. Ular motivlashgan. Ular to'g'ri ish tutishadi. Murabbiy va menejer sifatida esa sen: "Men ham shuni xohlayman", deb o'ylaysan.

Buni his qilish mumkin: Ronaldu hamon juda motivlashgan, unda hamon juda aniq maqsadlar bor, u 1000 ta gol urishga juda yaqin va bu ajoyib hodisa bo'ladi", - deydi Postekogluning so'zlarini ESPN.

Avvalroq Ronaldu bo'lajak mavsum uning faoliyatidagi oxirgisi bo'lishi mumkinligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN