Po'latxo'ja Xoldorxonov: "Murabbiy almashgani bilan jamoaning maqsadi o'zgarmaydi"

Sherzod Nurmatov
18 apr 2026, 00:15
19 aprel kuni Qo'qonda vodiy derbisi doirasida “Andijon”“Qo'qon-1912”ga qarshi maydonga tushadi.

Ayni paytda “burgutlar” bo'lajak bahs uchun astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoaning bugungi mashg'uloti oldidan klub matbuot xizmati Xoldorxonov bilan qisqacha muloqot o'tkazdi.

- Po'latxo'ja, 19 aprel kuni "Andijon"ni safarda "Qo'qon-1912"ga qarshi navbatdagi vodiy derbisi kutmoqda. Bo'lajak o'yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda va jamoani kayfiyati qanday?

- Assalomu alaykum. O'yinga tayyorgarligimiz yaxshi ketmoqda. Jamoaning kayfiyati yaxshi va hamma o'yinga tayyor.

- Ma'lumki, ketma-ket muvaffaqiyacizliklardan keyin jamoamizda murabbiylar almashdi. Ayting-chi, murabbiy yangilanganidan so'ng jamoada qanday o'zgarishlarni sezyapsiz?

- Bilasizmi, murabbiy almashgani bilan jamoaning maqsadi o'zgarmaydi. Barcha o'yinga hammamiz maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. Mashg'ulotlar jarayonida shuni ko'ryapmizki, bizga dominant futbolni olib kirmoqda. Aynan mashg'ulotlarda shuni ustida ko'proq ishlayapmiz.

- Har o'yinda jon-jahdingiz bilan o'ynayotganingizga guvoh bo'lyapmiz. Oldindagi o'yin uchun qanday motivasiya olyapsiz?

- Xudo xohlasa, bo'lajak bahsda jamoamga qo'limdan kelganicha yordam beraman. Albatta, mening vazifam gol urish, lekin gol urishdan ham ko'ra jamoamning g'alabasi muhim. Men har bir uchrashuvda borimni berishga harakat qilaman va buning uchun hamma vaqt muxlislardan motivasiya olaman.

- Jamoaning mag'lubiyatli o'yinlar seriyasiga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Afsuski, o'yinlarda bizga ko'pincha omad yetishmadi, deb o'ylayman. Qayerdadir o'zimizning xatolarimiz evaziga yutqazdik. Albatta, oldingi xato va kamchiliklardan etarli xulosalar chiqarib, bo'lajak bellashuvlarda ishqibozlarimizni g'alabalar bilan xursand qilamiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати