Osiyoliklar o'rtasida raqobat boshlandi. Eng zo'ri kim bo'ladi?

16 iyun 2026, 13:15
Jahon chempionatida Osiyo jamoalarini kuzatish har doim yoqimli.

Agar ular orasida O'zbekiston bo'lsa yoqimli hislar o'n karra ziyod bo'ladi.

Terma jamoamiz mundialdagi o'z ishtirokini endi boshlaydi. Ushbu Jahon chempionatida Osiyodan 9ta terma jamoa ishtirok etayotgan bo'lsa, shundan 6tasi ilk turni o'tkazib bo'ldi. Natijalar havas qilarli darajada.

Janubiy Koreya - Chexiya 2:1

Qatar - Shveytsariya 1:1

Avstraliya - Turkiya 2:0

Niderlandiya - Yaponiya 2:2

Saudiya Arabistoni - Urugvay 1:1

Eron - Yangi Zelandiya 2:2

17 iyun. 03:00. Iroq - Norvegiya

17 iyun. 09:00. Avstriya - Iordaniya

18 iyun. 07:00. O'zbekiston - Kolumbiya

Janubiy Koreya guruhning birinchi o'yinida Chexiyani mag'lub etdi. Shuningdek, Avstraliya Turkiyadan 2:0 hisobida ustun keldi. Qolgan to'rtta o'yinda durang qayd etildi. Qatar Shveytsariya bilan, Saudiya Arabistoni Urugvay bilan 1:1 o'ynadi. Yaponiya biz bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib zo'rg'a yutgan Niderlandiyaga qarshi 2:2 hisobini qayd etdi. Osiyoning yana bir vakili Eron ham ilk turni 2:2 hisobida yakunladi. Shunday qilib qitamiz jamoalari dastlabki oltita uchrashuvni 10 ochko bilan tugatishdi. Buni bemalol yaxshi ko'rsatkich desa bo'ladi.

photo_2026-06-16_11-18-27.jpg

Oldinda Osiyo jamoalari ishtirokida birinchi turning yana uchta bahsi qoldi. Iroq Norvegiya bilan kuch sinashsa, Iordaniya Avstriyaga qarshi maydonga tushadi. O'zbekiston terma jamoasi ilk turni oxirgi bo'lib o'tkazadi va Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi.

Osiyo jamoalari mundialda qancha yaxshi o'yin ko'rsatsa, keyingi musobaqalar uchun ajratiladigan kvotalarga ta’sir qiladi. Ushbu musobaqada buning bemalol imkoni bor deb o'ylaymiz. O'yinlar shunday bo'lyaptiki, istalgan jamoa istalgan jamoaga jiddiy qarshilik ko'rsatishi mumkin. Hech bir jamoa uchun g'alaba qozonish oson bo'lmaydi, chunki hozir hamma futbol o'ynashni biladi. Osiyo jamoalari sensaciya qayd etishi mumkinmi? Mumkin. Chunki bizning qitada ham boshqalardan qolishmaydigan jamoalar bor.

Endilikda qitamiz jamoalari ham Osiyo futboli reytingi, ham o'z manfaatlari uchun kurash olib boradi. Bunda o'zaro ko'rinmas raqobat kechishini ham taxmin qilish qiyin emas. Endilikda kimo'zarga kurash kechadi, hamma bir-birini kuzatib boradi, kim yaxshiroq natija qayd etishi ustida bahs boradi. Osiyodan qatnashayotgan 9ta jamoani o'zaro taqqoslaydigan bo'lsak, yaqqol ajralib turgan kuchli jamoa yo'q. To'g'ri, Janubiy Koreya va Avstraliyaning ilk turdagi g'alabasi boshqalarga nisbatan kuchliroq ko'rinishi mumkin, ammo hali oldinda ikkinchi-uchinchi turlar borligini unutmaylik.

gettyimages-2281199245-2048x2048.jpg

O'z navbatida bizni qiziqtirayotgan Osiyo jamoalari birgalikda qanday natija ko'rsatishi birlamchi savol bo'lsa, ikkinchi savol o'zaro ko'rinmas raqobatda kim eng yuqorida bo'ladi? Yani, qitamizdan eng yaxshi natijani mundial davomida qaysi jamoa ko'rsatadi? Hozirdan taxmin qilish biroz mushkul va buning uchun kamida ikkita tur bo'lib o'tishi kerak bo'ladi.

X.Xoliqov.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia