MYUda so'nggi 40 yildagi eng yomon start: Kerrik jamoasi 6 turda 6 ochko jamg'ardi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 00:59
"Manchester Yunayted" Angliya chempionatidagi oxirgi 40 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etmoqda.

Manchesterliklar APLning joriy mavsumidagi dastlabki olti turda bor-yog'i olti ochko jamg'arishdi. Bu jamoaning Angliya chempionatlaridagi so'nggi 40 yildagi eng past ko'rsatkichi bo'ldi.

Maykl Kerrik shogirdlari "Tottenxem" bilan bahsda (1:1) 92-daqiqada gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan boy berishdi. Jadvalda 12-o'rinni egallab turgan "MYU" tur yakunlariga ko'ra yanada quyiroqqa tushib ketishi mumkin.

Manchester klubi bundan ham yomonroq natijani oxirgi marta 1986/87 yilgi mavsumning shu bosqichida ko'rsatgan edi - o'shanda jamoa hisobida to'rt ochko bor edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC