"Mixed zone". Turkmaniston U-23 bosh murabbiyi: "Afsuski, standart holatdan gol o'tkazib yubordik"

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2022, 10:54
U-23 Osiyo Kubogi "A" guruhi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Turkmaniston (1:0) bellashuvi bo'lib o'tdi.

Unda vakillarimiz Ulug'bek Hoshimovning penaltidan urgan goli evaziga zafar quchishdi. Uchrashuvdan keyin mikst hududda mehmonlar murabbiyi Ahmad Agamurodovning fikrlariga quloq tutdik.

"O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman. Kelajakda omad tilayman. O'zbekiston – juda kuchli jamoa.

Yigitlarimiz qo'llaridan kelgancha o'ynashdi. Afsuski, standart holatdan gol o'tkazib yubordik. Lekin bu – futbol. Endi keyingi bahsga hozirlik ko'ramiz. Mezbonlik uchun tashakkur!", – dedi Agamurodov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia