"Mixed zone". Alibek Davronov: "Gol urganimizdan keyin ishonchimiz ortdi va to'xtab qolmadik"

Mirjalol Normatov
13 sen 2023, 00:10
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo kubogining saralash bosqichi so'nggi turida Eronga qarshi maydonga chiqdi (1:0).

Uchrashuvdan so'ng terma jamoa himoyachisi Alibek Davronov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"O'yin yaxshi o'tdi. Murabbiylarning ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik. Eron yaxshi o'rganilgan edi. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga katta rahmat aytib qolaman",- deydi Alibek Davronov. 

- Hisob 1:0 bo'lib turgan pallada odatda hisobni ushlashga harakat qilinadi va bu ko'p hollarda ruhiy holat bilan bog'liq bo'ladi. Bugun hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng qanday ko'rsatmalar berildi?

- Gol urganimizdan so'ng o'zimizga ishonchimiz ortdi va to'xtab qolmadik. Hujum qilishda davom etdik. 

- Himoya chizig'i vakillarimiz xatosiz harakat qildi. Vaholanki, Eron safida "Xall Siti"da o'ynaydigan hujumchi bor edi. Ularga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rildi?

- Hujumchilarini ko'rib chiqqan edik. Murabbiylar ularning ustunlik va kamchilik tomonlarini ko'rsatib berishgandi.




Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia