Mirko Yyelichich "Dinamo"ning "qotili" nima sababdan o'ynamaganini aytdi

15 may 2026, 21:47
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasida "Lokomotiv" - "Dinamo" (2:2) uchrashuvidan keyin toshkentliklar bosh murabbiyi Mirko Yyelichich matbuot anjumanida qatnashdi.

- Jonajon stadionimizga qaytish yoqimli. Uzoq yillar davomida bu yerda chiroyli o'yinlar o'tkazganmiz. Futbolchilar ham shuni his qilib turishdi. O'z navbatida bugun muxlislik uchun kelgan muxlislarga ham rahmat aytaman. Bu ham jamoaga kuch beradi. Oldindanoq o'yin qiyin bo'lishini bilardik. Bunday hisobdagi durang bo'lgan o'yinlarning katta qismi, asosan, ochiq va hujumkor bo'ladi va bugun ham shunday o'yinni ko'rdik.

1000133487.jpg

- "Dinamo"ning "qotili" Temurxo'ja Abduholiqov bugun nega o'ynamadi?
- Unda kichik jarohat bor. To'liqligicha tuzalmaguncha uni xavf ostiga qo'ya olmaymiz. "Lochin"ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotda jarohat oldi va shu sababli o'sha o'yinda umuman o'ynamadi. Bunday jarohatlarni tezda davolab bo'lmaydi, biroz vaqt kerak.

- "Lokomotiv" 1-turda mag'lub bo'ldi va mana endi durang o'ynadi. Jamoa kubokda uzoqroqqa borishni istaydimi?
- Istalgan jamoa uzoqroqqa borishni istasa kerak. Biz ham shuni o'ylayapmiz. "Lochin"ga qarshi o'yinda o'z sifatimizni ko'rsata olmadik. Balki biroz bo'shashgandirmiz. Bu jamoa juda zo'r o'yin namoyish qildi. Umuman olganda Proliganing barcha jamoalari kubokda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Ularga qarshi oson o'yinning o'zi bo'layotgani yo'q. Bugungi ochko etarli bo'ladimi, yo'qmi, bilmayman. Menimcha hali bizda imkoniyatlar bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia