

Mirjalol Qosimov: “Lokomotiv”da malakali futbolchilar yig'ilgan, yoshlar ham kuchli. Qiziqarli va og'ir o'yin kutayotgandik, shunday bo'ldi. Bu bahs turning eng yaxshi uchashuvi deb o'ylayman. Ikkala taym ham chiroyli o'tdi. Kambekdan muxlislar maza qilib ketgan bo'lsa kerak. Yigitlarimi oxirigacha mehnat qilishdi va shunga yarasha g'alaba bilan mukofotlanishdi”.
- “Lokomotiv” “Nasaf”ga qarshi bahsda 4 nafar himoyachi bilan o'ynadi, bugun esa 5 nafar. Bugungi bahsda qaysi himoyaga tayyorlangandingiz?
- Biz ikkala uslubga ham tayyor edik. Chunki “Navbahor” bilan bahsda tezkor gol o'tkazib yuborishmaganida namanganliklarga qiyin bo'lardi. Keyingi uchrashuvda 4 nafar himoyachi bilan harakat qilishdi. O'yin protokolini ko'rishim bilan yigitlarga “Lokomotiv” bugun 3 nafar markaziy himoyachi bilan o'ynashini aytdim. Boshida biroz og'ir bo'ldi, lekin keyin moslashib oldik.
- Standartlarni boshqarib bo'lmaydi deyishadi. Lekin OKMK bunday vaziyatlardan ko'p o'ziga foyda chiqaradi…
- Standart vaziyat bu - 50ga 50. Mashg'ulotlarda bu ustida ishlaymiz. Har doim ham ularni golga aylantira olmaymiz, lekin foydasi bor. Standartlar - futbolning bir qismi. Ularga e'tibor berishga majburmiz.
- “Paxtakor”ga qarshi bahsdan so'ng jamoa umuman yutqizmadi. Nimani o'zgartirdingiz?
- Yigitlar futbol o'ynashni bilishadi, fikrlash doirasi keng, jismonan yomon emas, texnikasi yaxshi… “Paxtakor” bilan bahsda bizga xohish yetishmadi. “Sherlar”ga qarshi sust harakat qildik. Ularga xohlagan ishini qilishga imkon bersangiz jazolanasiz. Chunki jamoaga yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Samarqanddagi o'yinga ham bemalol chiqdik. Futbolda oxirigacha harakat qilish, yonib turish kerak.
- Nodir Abdurazzoqov to'rt o'yindan beri oxirgi daqiqalarda gol uryapti. Bu ko'rsatmalarigiz mahsulimi?
- U o'zini o'zgartirdi. Vaziyatlarni hisobga olsak, u to'purar bo'lishi kerak edi. Abdurazzoqov bilan suhbatlashdik. Futbolga qanchalik mehr bersangiz, u ham sizni shunga yarasha mukofotlaydi.
- Butun O'zbekiston jamoalarida moliyaviy muammolar bo'lib turganda OKMKda ham shunday qiyinchiliklarga uchradimi?
- Hamma joyda vaziyat yomon bo'lib, bitta bizda hammasi “shokolad” bo'lishi mumkin emas. Biznesda harajatsiz daromad topib bo'lmaydi. Mutasaddilar buni echimini topishadi deb o'ylayman. Futbol - bu yurtni tanitadigan birinchi raqamli sport turi. Buning ustiga tez orada Jahon chempionatida ishtirok etamiz. Moliyachi emasman, lekin bu muammolarni ko'rib chiqishsa kerak.



