"Milan" futbolchisi jag' qismidagi sinish sabab uzoq muddatga safdan chiqdi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2026, 23:25
Italiya A Seriyasining 26-turidan o'rin olgan "Parma"ga qarshi bahs (0:1) "Milan" uchun nafaqat ochko yo'qotish, balki yetakchi futbolchilardan birining jarohati bilan ham ko'ngilsiz yakunlandi.

Jamoa yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chikning qachon maydonga qaytishi ma'lum bo'ldi.

Dahshatli to'qnashuv:

O'yinning ilk daqiqalaridayoq (8-daqiqa) Salemakers tomonidan jarima maydonchasiga uzatilgan to'pga chiqishda Parma posboni Edoardo Korvi mushtlari bilan to'pni urib yubordi. Biroq o'sha vaziyatda u Loftus-Chikning yuz qismiga qattiq zarba berdi. Ingliz futbolchisi maydonga quladi va uni stadiondan zambilda, bo'yin qismi maxsus moslama bilan fiksaciya qilingan holda olib chiqib ketishdi.

Operaciya va tiklanish muddati:

Tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchining yuqori jag' qismidagi suyak (alveolyar o'simtasi) singani ma'lum bo'ldi.

Bugun Loftus-Chik muvaffaqiyatli operaciya qilindi va shifoxonadan javob berildi.

Rossoneri matbuot xizmatining xabar berishicha, futbolchining tiklanishi uchun taxminan 8 hafta vaqt talab etiladi.

Shunday qilib, Massimiliano Allegri yaqin ikki oy davomida Loftus-Chik xizmatlaridan foydalana olmaydi. Bu "qizil-qoralar" uchun mavsumning hal qiluvchi pallasida katta yo'qotish bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: acmilan.com