Messi terma jamoadagi so'nggi o'yini oldidan: "Ko'nglim xotirjam holda ketmoqdaman"

Administrator
6 okt 2026, 21:25
Messi terma jamoadagi so'nggi o'yini oldidan gapirdi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv o'yini haqida fikr bildirdi.

Chorshanbaga o'tar kechasi argentinaliklar Benin terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

"O'sha lahza keldi. Ko'nglim xotirjam ketmoqdaman, borimni berdim. Bu libos mening orzuim edi. Faxrim edi. Hayotim edi.

Meni shunchalik sevganingiz uchun rahmat, qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Siz hamisha qalbimda qolasiz", – dedi Messi.

Argentina va Benin o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi 2026 yil 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da Buenos-Ayresdagi Estadio Mas Monumental stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: adidasfootball