

Referi har ikki futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan edi.
"Qo'llanilgan kuch unchalik katta emasdi va qoidabuzarlik zo'ravonlik xatti-harakati darajasiga yetmadi", - deya Chepmenning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Daily Star.
Mazkur hodisa birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda yuz berdi. Messi yon chiziqdan to'pni kuch bilan Tapiyaning yuziga otdi. O'sha paytda "Inter Mayami" raqibiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgan va maydonda bir kishi kam bo'lib harakatlanayotgan edi.



