

Argentina futbol assotsiatsiyasi Lionel Messi sharafiga maxsus akciya o'tkazilishini e'lon qildi.
Messi dushanba kuni milliy terma jamoadan ketishini e'lon qildi. Shu munosabat bilan Argentinadagi erkaklar va ayollar futbol chempionatlarining barcha toifalaridagi keyingi tur o'yinlari 10-daqiqada to'xtatiladi, toki o'yin ishtirokchilari afsonaviy futbolchini olqishlashlari mumkin bo'lsin. Ishqibozlar ham ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlashi kutilmoqda.
Shuningdek, ushbu daqiqa davomida stadion ekranlarida roliklar namoyish etiladi.



