

Portugaliyalik futbolchining uyi u Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 8-turi doirasida "Galatasaroy"ga qarshi o'yinda ishtirok etayotgan paytda o'marib ketildi. Uchrashuv ingliz jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Britan OAV ma'lumotlariga ko'ra, o'g'rilik paytida Diash o'yinda, uning qiz o'rtog'i, mashhur teleboshlovchi Mayya Jama esa Janubiy Afrikada teleloyiha suratga olish ishlarida bo'lgan.

Jinoyatchilar futbolchining Olderli Edj tumanida joylashgan hashamatli uyiga kirib, zargarlik buyumlari, elektronika, brend kiyim-kechak va boshqa qimmatbaho ashyolarni olib ketishgan. Etkazilgan zarar hajmi hozircha oshkor qilinmagan.
Uyga bostirib kirish faktini mahalliy policiya vakillari tasdiqladi. Hozircha hech kim qo'lga olinmagan, gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlanmagan. Tergov ishlari davom etmoqda.
Ruben Diash joriy mavsum "Manchester Siti" himoyasining asosiy figurasi bo'lib qolmoqda. U barcha musobaqalarda 25 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va jamoaning eng barqaror futbolchilaridan biri hisoblanadi.



