"Tottenxem" "Manchester Siti"ning bir yo'la ikki futbolchisi uchun qancha to'lashi ma'lum

24 avg 2026, 09:15
"Tottenxem" "Manchester Siti"ning birdaniga ikki futbolchisini - vinger Savino va hujumchi Omar Marmushni o'z safiga qo'shib olishga yaqin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "shporlar" 22 yoshli braziliyalik Savinoning o'tishi bo'yicha "shaharliklar" bilan to'liq kelishib olishdi. Transferning umumiy summasi 85 million funtni tashkil etadi: 75 millioni kafolatlangan kafillik to'lovi sifatida ko'zda tutilgan, yana 10 millioni esa bonuslar ko'rinishida yozilgan (bunda 5 millioni deyarli kafolatlangan). Futbolchi juma kuni tushdan so'ng London klubi qarorgohiga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yetib kelishi kutilmoqda.

Parallel ravishda "Tottenxem" Marmushning transferi bo'yicha ham faol muzokaralar olib bormoqda. Misrlik futbolchining transferi esa London jamoasiga 60 million funtga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports