

"Stadionga kelib va ekran ortidan qo'llab-quvvatlagan "Lokomotiv" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Bir yildan keyin "Lokomotiv" Superligaga qaytdi, mavsumni g'alaba bilan boshlaganimizdan xursandmiz.
Superligadagi birinchi golimni urdim. Bu "Lokomotiv" tarkibidagi ilk rasmiy golim hisoblanadi. Bundan judayam xursandman. Xudo xohlasa, bu bilan to'xtab qolmayman, o'yindan o'yinga kuchayib, yanada ko'proq gol urishga va jamoaga foyda olib kelishga harakat qilaman".



