"Kattaqo'rg'on" bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi, uning o'rniga Superliga klubi sobiq ustozi tayinlanishi kutilmoqda

Оқил Абдубарноев
6 sen 2026, 19:09
"Kattaqo'rg'on" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi. Jamoa rahbariyati bosh murabbiy Yuriy Utkulbaev bilan o'zaro hamkorlikni to'xtatishga qaror qildi.

Mazkur mutaxassis "Kattaqo'rg'on"ni joriy yilning may oyida qabul qilib olgan va jamoani mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorlagan edi. Klub uning qo'l ostida jami o'nta rasmiy uchrashuv o'tkazdi – beshta g'alaba, bitta durang va to'rtta mag'lubiyat qayd etildi.

"Kattaqo'rg'on" rahbariyati Yuriy Anvarovich hamda uning murabbiylar shtabiga jamoa rivoji yo'lida qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad tiladi. Yaqin vaqt ichida klub rahbariyati bo'sh qolgan bosh murabbiylik postiga yangi nomzodni e'lon qilishi kutilmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotlariga ko'ra, uning o'rniga "Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev tayinlanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Каттақўрғон" матбуот хизмати