

"2 yildan beri "Surxon" biz uchun noqulay raqib bo'lib kelyapti. O'tgan o'yindagi kabi 2 ta hujumdan 2 ta gol urdi. Raqib jarima maydonchasi ichida vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Himoyadagi 2 ta xato golga olib keldi", - deydi Kamoliddin Tojiev.
- May oyi boshida ham "Surxon" bilan to'qnash kelgandingiz. Raqibning qaysi jihatlarini etirof etasiz yoki bu "Paxtakor"ning muammolari ko'paygani bilan bog'liqmi?
- "Paxtakor"da muammo yo'q. Hujum qilyapmiz. Faqat gol ura olmayapmiz. Omad yetishmayapti.
- Flamarion oxirgi o'yinlarda markaziy hujumchi rolida o'ynamoqda. Turdimurodov 2 ta o'yindan beri qaydnomaga kiritilmayapti...
- "Surxon" bilan o'yindan so'ng oyog'i og'rib qolgandi, shuni davolayapti. Flamarion oldinda Pyotrdan yaxshi o'ynayapti.
- Realizaciyadagi muammolar raqib tartibli himoyalanayotganidanmi yoki hujum chizig'idagi futbolchilar bilan bog'liqmi?
- O'zimiz vaziyat yaratib bo'sh darvozaga gol ura olmayapmiz. Flamarion 2 bor birga-bir vaziyatga chiqdi. Pyotrning zarbasini himoyachi qaytardi. Bu realizaciya sabab. Ustida ishlashimiz kerak.
- Bazi Superliga jamoalari kubok kerak emasdek o'ynashmoqda. "Paxtakor"da bu borada reja qanday?
- Oldimizga har bir turnirda oliy maqsadlar qo'yilgan. OCHL-2 boshlansa ham hamma joyda kurashishimiz kerak.
- Keyingi turda "Paxtakor" Pro liga vakili "Kattaqo'rg'on"ga qarshi o'ynaydi. Bu bahsga qanday qaraysiz?
- O'yinlarni ko'rib chiqamiz. Shunga qarab tayyorlanamiz.
- Yozgi transfer oynasidagi rejalar bormi? Pajishek kabi omadsiz transfer bo'lib qolishidan qo'rqmaysizmi?
- Undan hech kim kafolatlanmagan. Qarayapmiz, tarkibni kuchaytirish borasida rejalarimiz bor.



