Jeko klubi bilan yangi shartnoma imzoladi

26 iyul 2026, 18:00
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi hujumchisi Edin Jeko "Shalke-04" bilan yangi shartnoma imzolashga rozi bo'ldi, deb xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.

Manbaga ko'ra, shu yozda "Shalke"ni erkin agent sifatida tark etgan 40 yoshli hujumchi nemis klubida yana bir mavsum qoladi. Jeko A Seriya va MLS takliflarini rad etdi.

Hujumchi 2026 yilning 22 yanvarida "Fiorentina" bilan shartnomasi tugaganidan so'ng "Shalke"ga qo'shilgan. Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum 29 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt futbolchining narxini 1 million evroga baholamoqda.

"Shalke" 2025/26-yilgi mavsumda 70 ochko jamg'arib, Bundesliga 2 turnir jadvalida birinchi o'rinni egalladi va Germaniya chempionatining yuqori divizioniga qaytdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/fabrizioromano