

Insayder Florian Plettenberg ma'lumotiga ko'ra, klub 40 yoshli Manuel Noyer mavsum yakunida faoliyatini tugatishi mumkinligiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bunday holatda 23 yoshli Yonas Urbig asosiy darvozabonga aylanadi, unga tajribali raqobatchi sifatida Oliver Baumann ("Xoffenxaym"), Bernd Leno ("Fulxem") va Loris Karius ("Shalke") kabi nomzodlar ko'rilmoqda.
Germaniyada faoliyatini qayta tiklagan 33 yoshli Karius joriy mavsumdagi ishonchli o'yinlari bilan myunxenliklar e'tiborini tortgan. Uning transferi "Shalke"ning Bundesligada qolish-qolmasligiga bog'liq bo'lishi mumkin. Hozircha nomzodlar bilan rasmiy muzokaralar boshlanmagan.


