Ilgiz Tantashev va uning brigadasi Elit OCHL final bosqichida ishlaydi

10 apr 2026, 20:27
O'zbekistonlik hakamlar OFK Elit chempionlar ligasda faoliyat olib boradi.

Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 16–25-aprel kunlari Elit chempionlar ligasining final bosqichi bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqada o'zbekistonlik hakamlar: Ilgiz Tantashev bosh hakam, Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordamchi hakam, Firdavs Norsafarov VAR hakami sifatida ishlaydi.


Manba: t.me/FAUzbekistan