Dyokeresh uchun kurashda yetakchi klub nomi ma'lum

Alisher
17 noya 2024, 01:21
Portugaliyaning "Sporting" jamoasi hujumchisi Viktor Dyokeresh faoliyatini Londonning "Chelsi" klubida davom ettirishi mumkin.

"Chelsi" bugungi kunda 26 yoshli to'purar uchun kurashda yetakchi bo'lib turibdi.

Dyokeresh joriy mavsum barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Shvedning "Sporting" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Tranfermarkt o'yinchini 70 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Fichajes