

Futbolchining so'zlariga ko'ra, jamoa Nukusga yaxshi kayfiyatda yo'l olgan va yangi mavsumga to'liq tayyor. Toirov mazkur muhim bahsda muxlislarni xursand qilish maqsadida g'alaba bilan qaytishni maqsad qilganini ta'kidladi. Shuningdek, u o'yin oson kechmasligini, biroq jamoadoshlariga ishonishini va birdamlikda istalgan raqibni mag'lub etish mumkinligini qayd etdi.
Bundan tashqari, yarim himoyachi joriy mavsumning ahamiyatiga to'xtalib o'tdi: "Bu mavsum nafaqat jamoa, men uchun ham juda ahamiyatli. O'tgan yil Birinchi ligada to'p tepgan edim. Endi esa 2026 yilning o'zida "Kattaqo'rg'on" bilan elitaga chiqishni xohlayman. Bu yo'lda borimni berishga tayyorman", – dedi Toirov.
Eslatib o'tamiz, samarqandliklar ilk turni “Jayxun” jamoasiga qarshi o'tkazadi.



