Diyorbek Toirov: "'Kattaqo'rg'on' bilan Superligaga chiqishni xohlayman"

Оқил Абдубарноев
5 apr 2026, 19:05
Pro liganing 1-tur uchrashuvi oldidan "Kattaqo'rg'on" jamoasi yarim himoyachisi Diyorbek Toirov bo'lajak bahs haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, jamoa Nukusga yaxshi kayfiyatda yo'l olgan va yangi mavsumga to'liq tayyor. Toirov mazkur muhim bahsda muxlislarni xursand qilish maqsadida g'alaba bilan qaytishni maqsad qilganini ta'kidladi. Shuningdek, u o'yin oson kechmasligini, biroq jamoadoshlariga ishonishini va birdamlikda istalgan raqibni mag'lub etish mumkinligini qayd etdi.

Bundan tashqari, yarim himoyachi joriy mavsumning ahamiyatiga to'xtalib o'tdi: "Bu mavsum nafaqat jamoa, men uchun ham juda ahamiyatli. O'tgan yil Birinchi ligada to'p tepgan edim. Endi esa 2026 yilning o'zida "Kattaqo'rg'on" bilan elitaga chiqishni xohlayman. Bu yo'lda borimni berishga tayyorman", – dedi Toirov.

Eslatib o'tamiz, samarqandliklar ilk turni “Jayxun” jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Каттақўрғон" матбуот хизмати