

"Biz allaqachon jahon chempionatini 64 ta jamoa ishtirokida o'tkazish imkoniyatini muhokama qilganmiz. Bu orqali dunyoning yanada ko'proq mamlakatlarini musobaqaga jalb qilish mumkin bo'ladi. Masala FIFA Kengashida ham ko'tarilgan, ammo hozircha 48 ta jamoa ishtirok etayotgan ilk jahon chempionatidan bahra olaylik.
Balkim, Italiya 64 ta ishtirokchi bo'lgan taqdirda saralashdan o'tar... Keyin esa ishtirokchilar sonini 208 taga etkazib ko'ramiz, shunda ham ular chiqa olarmikan", – dedi Infantino.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi marta jahon chempionati final bosqichiga yo'llanma olmadi.
Ushbu jahon chempionati tarixda birinchi bor 48 ta milliy jamoa ishtirokida o'tkazilmoqda.



