Bugun O'zbekiston U-18 termasi Turkiya bilan bahs olib boradi

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2023
O'zbekiston U-18 terma jamoasi iyun oyida Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi.

Farhod Nishonov boshqaruvidagi jamoa bugun yig'in doirasida Turkiyaga qarshi ilk o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O'zbekiston – Turkiya

15 iyun. "Lokomotiv" stadioni. 19:00

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi navbatdagi nazorat bahsi 19 iyun kuni o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia