

Mezbonlar o'yinchisi Niko Shlotterbek 26-daqiqada gol urib, hisobni ochdi. “Bavariya” shundan so'ng Xarri Keynning 54 va 70-daqiqalarda urgan golli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo, Daniel Svensson 83-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Joshua Kimmix 87-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, myunxenliklarga uch ochko taqdim etgan golga mualliflik qildi.
“Bavariya” Bundesligada 24 o'yindan so'ng 63 ochko jamg'argan holda birinchi, “Borussiya Dortmund” esa 52 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.





