Rossiya o'z tarixida ilk bor 0:2 hisobida ortda bora turib g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2026, 22:26
Rossiya terma jamoasi tarixiy g'alabaga erishdi.

Valeriy Karpin shogirdlari O'zbekistonga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvining 70-daqiqasiga qadar 0:2 hisobida yutqazayotgan edi, ammo shundan so'ng uch bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.

Bunga qadar Rossiya terma jamoasi o'yin davomida ikki to'p farqi bilan mag'lubiyatga uchrayotgan paytda hech qachon yakunda g'alaba qozonmagan edi. Eng yaxshi holatda ular faqatgina durang natija qayd etishning uddasidan chiqishgan - bu 2017 yilda Belgiya (3:3), 2003 yilda Shveytsariya (2:2), 2001 yilda Gretsiya (3:3) va 1996 yilda Chexiya (3:3) terma jamoalari bilan bo'lgan bahslarda kuzatilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru