Bir qator grandlar "Ayaks" yarim himoyachisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
28 apr 2026, 15:07
Yevropa klublari "Ayaks" yarim himoyachisi Mika Godtsni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Manbaga ko'ra, bir necha jamoalarning skautlari "Breda"ga qarshi (2:0) o'yinga tashrif buyurdi, unda gollardan birini aynan 20 yoshli belgiyalik urdi.

Godts "Ayaks"da 2024 yilning yanvaridan buyon o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. U 2025/26 yilgi mavsum 39 o'yinda 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2026 yil mart oyida Belgiya terma jamoasi safida debyut qildi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 25 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk