"Bavariya"ning porlab kelayotgan yulduzi "Real"da o'ynashni orzu qiladi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2026, 19:50
"Bavariya"ning 17 yoshli vunderkindi Lennart Karl kelajakda Madridning "Real" jamoasida to'p tepishni xohlaydi.

"Bavariya" - juda-juda katta klub. U yerda o'ynash - orzu. Ammo vaqti kelganida men "Real"ga o'tishni istayman. Bu mening orzumdagi klub. Albatta, "Bavariya" - o'ziga xos jamoa va bu yerda bo'lish juda ham zavqli", – dedi yosh futbolchi.

17 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum myunxenliklarning asosiy jamoasida 21 o'yin o'tkazdi. Nemis xavbeki o'z hisobiga 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano