

Kataloniya klubi skautlar bo'limi rahbari Joao Amaral o'yinchini baholash uchun Braziliya Seriya Asining "Baiya"ga qarshi o'yinida shaxsan ishtirok etdi. Bu haqda UmDois Esportes nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, o'tgan yozda "Atletiko Paranaense" o'yinchi uchun Angliya klubi tomonidan berilgan 21 million evrolik taklifni rad etgan. "Barselona"dan tashqari, himoyachini "Tottenxem", Madridning "Atletiko", "RB Leyptsig", "Nyukasl" va "Benfika" klublari ham kuzatib bormoqda.
Dias "Atletiko Paranaense"ning asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanadi, u Braziliyaning 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoasida o'ynash tajribasiga ega va milliy terma jamoaga ilk chaqiruvni oldi.
Diasning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 3 million evroni tashkil etadi.


