"Arsenal" va "Manchester Siti"ning ochkolari teng kelib qolsa, qaysi jamoa chempion bo'ladi?

Sherzod Nurmatov
24 apr 2026, 16:00
Shu haqda batafsil bayon qilamiz.

Premer-liga reglamentiga ko'ra, ochkolar teng kelib qolganida beshta mezon qo'llanadi:

1️⃣ To'plar farqi

2️⃣ Urilgan gollar

3️⃣ O'zaro o'yinlar natijasi

4️⃣ O'zaro o'yinlarda mehmonda urilgan gollar

5️⃣ "Premer-liga finali" (agar yuqoridagilar ham teng kelib qolsa)

8.jpg

Agar 1 va 2-mezonlar bo'yicha teng ko'rsatkich qayd etilsa, 3-si kuchga kiradi:

• O'tgan hafta oxirida "Manchester Siti" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

• "Arsenal" "Emireyts" stadionida 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Hozirgi holatda "Siti" o'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra ustunlikka ega va aynan ular sovrinni qo'lga kiritadi.

Siz nima deb o'ylaysiz? Oltin medalni kim oladi?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/uz_eksport