

"Ochig'ini aytganda, biz g'alabaga loyiq emasdik, to'g'rirog'i, "Yuventus" mag'lubiyatga loyiq emasdi. O'z futbolimizni namoyish etishga harakat qildik, ammo to'p bilan muomalada ishlarimiz yaxshi chiqmadi. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qilgan paytlarimiz bo'ldi, lekin keyin to'pni tez-tez yo'qota boshladik va yaxshi o'ynay olmadik. Boshqa tomondan olib qaraganda, birgalikda ish boshlaganimizga endigina 2 oy bo'ldi. O'yinimizni kuchaytirishimiz kerak, biroq buning uchun vaqt zarur, bu biz uchun juda og'ir bahs bo'ldi.
Bizda individual mahorat etarli, biroq eng muhimi - oddiy jihatlar: to'pni qabul qilish va oshirish, yani futbolning poydevoridir. Bugun bizda shu narsalar o'xshamadi.
Jamoam to'pga egalik qilmayotgan paytda qiyinchiliklarga duch kelyapmiz. “Yuventus” ko'plab hujumchilarni maydonga tushirganida yaxshi himoyalandik, biroq to'pni yo'qotib, ular tezkor qarshi hujumga o'tgan vaziyatlarda ko'proq qiynaldik.
O'yin uslubimizni o'zgartirmoqchi emasmiz, chunki ayrim o'yinlarda hammasi o'xshashini, boshqalarida esa yo'qligini yaxshi bilamiz. Eng asosiysi - g'alaba uchun kurashyapmiz. Bugun biz g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, ammo yana takidlayman, "Yuventus" ham yutqazishga munosib emasdi", – deya portugaliyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi DAZN.
"Milan" (3 ta o'yindan so'ng 7 ochko) Italiya chempionati jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 4-turda 13 sentyabr kuni safarda "Lacio"ga qarshi maydonga tushadi.



