Amorim: "Hisobga haddan tashqari ko'p e'tibor qaratmang"

Sherzod Nurmatov
16 okt 2026, 16:38
"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o'rin olgan "Zalcburg"ga (4:0) qarshi bahsdagi g'alabaga izoh berdi.

"Boshqa bazi o'yinlarda "Milan" o'yinni bundan-da yaqqolroq nazorat qilgandi, ammo aynan bugun gollar urishga muvaffaq bo'lindi. Biroq yakuniy hisobga haddan tashqari ko'p e'tibor qaratmang. Boshqa uchrashuvlarda biz bundan yaxshiroq o'ynaymiz", – dedi Amorim.

"Milan" 3 ochko jamg'arib, Yevropa Ligasi umumiy bosqich turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi. "Zalcburg" esa 3 ochko bilan 21-pog'onada bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com