A Seriyaning oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomi ma'lum qilindi

7 noya 2026, 01:55
Jennaro Gattuzo Italiya chempionati - A Seriyada oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

"Lacio"ni boshqarayotgan mutaxassis mukofotni 21 noyabr kuni "Lechche"ga qarshi uchrashuv oldidan qabul qilib oladi.

Rimliklar o'tgan oyda chempionat doirasida o'tkazilgan to'rtta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonishdi. Shuningdek, jamoa 1 noyabr kuni ham zafar quchdi.

Ayni paytda poytaxt klubi A Seriya turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Lacio" eng yaqin taqibchisi "Inter"dan uch ochkoga o'zib ketgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: legaseriea.it