

Mutaxassisning takidlashicha, hakamlikdagi o'zgarishlar tufayli o'yin surati sezilarli darajada o'zgargan. U futbolchilarning jismoniy yuklamasi ortib borayotganiga ham e'tibor qaratdi.
- Jarohatlar soni o'tgan mavsumga nisbatan deyarli ikki baravar ko'p. O'yinlar soni haqida o'ylab ko'rish kerakmi?
- Men statistikani unchalik xush ko'rmayman, ammo Daniele Orsato tufayli o'yin o'zgardi. Sof o'yin vaqti bo'yicha hatto APLdan ham o'zib ketdik. Qo'shimcha olti daqiqa sof o'yin vaqti - bu juda katta ko'rsatkich.
Evrokuboklarda ishtirok etadigan futbolchilar mavsum davomida 50–60 ta uchrashuv o'tkazishini hisobga olsak, bu har bir mavsumda yana 6–7 ta qo'shimcha o'yinga teng bo'ladi. Bu haqda jiddiy o'ylab ko'rish kerak. O'yin surati butunlay boshqacha bo'lib qoldi, - dedi Allegri.


