Yorqin Nazarov: "Turon"ga kelganimdan afsuslanmayman"
02 dek 2023 00:13
Yangiliklar
Yorqin Nazarov: "Turon"ga kelganimdan afsuslanmayman"
Coca Cola Superliga 26-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qizilqum" ham, biz ham yoshlarga imkon berdik. Raqib gol urdi, biz esa penaltidan foydalana olmadik. Umuman olganda, teng uchrashuv bo'ldi. Eng muhimi, chempionatni hech qanday jarohatlarsiz yakunladik. Jamoamiz Superligani tark etdi. Kelasi mavsum Pro-ligada o'ynaymiz. Hozircha yigitlarga dam beramiz.
"Turon"ga kelganimdan afsuslanmayman. Vaziyat og'irligini bilardim. Biroq menga va murabbiylar shtabiga bu erda ishlash katta tajriba bo'ldi. Biz yig'gan yoshlar oxirgi bellashuvlarda qo'rqmasdan o'ynashni boshladi.
"Turon" faoliyatini davom ettiradi va Pro-ligada o'ynaydi. Hozir rahbariyat bilan gaplashib olishimiz kerak. Barchasini vaqt ko'rsatadi”, – dedi Nazarov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar