So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  0 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  19 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0

Yaponiya U-23 bosh murabbiyi Oiva Go: "To'g'risini aytsam, birinchi bo'limda rejalarimiz o'xshagani yo'q" Yangiliklar

Yaponiya U-23 bosh murabbiyi Oiva Go: "To'g'risini aytsam, birinchi bo'limda rejalarimiz o'xshagani yo'q"

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turida Yaponiya U-23 termasi BAA U-23 jamoasini mag'lubiyatga (1:2) uchratdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Yaponiya termasi ustozi Oiva Go va o'yinning eng yaxshi futbolchisi Yuito Suzuki qatnashdi.

- Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Yuito Suzukiga savol. Birinchi bo'limda jamoa sust harakat qildi, ikkinchi bo'limda esa buning aksi. Murabbiy tanaffus payti nimalar dedi?

- Ha to'g'ri, birinchi bo'limda o'yinimiz unchalik ham o'xshamadi. Tanaffusda murabbiy bizdan tezroq harakat qilishni va kurashishni so'radi. Vaziyatlarda biroz agressivroq harakat qilish kerakligini takidladi. 

- Murabbiyga savol. Yaponiya o'z o'yinlarida ko'pincha to'pni nazorat qiladi. Bugun esa bunday bo'lgani yo'q. Bunga BAA ko'rsatgan o'yin sababmi?

- Albatta, BAA ajoyib o'yin ko'rsatdi. Birinchi bo'limda o'yinchilarim biroz asabiy ekanliklarini ko'rdim. Sababi, bu o'yin biz uchun musobaqadagi dastlabki bahs edi. To'g'risini aytsam, birinchi bo'limda rejalarimiz o'xshagani yo'q. SHu sabab ham, ikkinchi bo'limda boshqacha o'yin uslubini tanladik va to'p nazoratini qo'lga oldik.

- Raqibning qaysi jihatlarini alohida takidlagan bo'lardingiz?

- BAA bugun juda kuchli o'yin ko'rsatdi. Buni alohida takidlash lozim. Bizning jamoa ham yomon o'yin ko'rsatmadi. Yuito Suzuki bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi. Keyingi o'yinlarda bundan ham yaxshi o'yin ko'rsatishiga aminman.

- Birinchi bo'limda BAA juda yaxshi o'ynadi. Ikkinchi bo'limda qanday o'zgarishlar qildingiz? 

- Birinchi bo'limda to'pni nazorat qila olmadik. Umuman olganda o'yin teng bo'ldi deya olaman. Ikkinchi bo'limda o'yinga 100% moslashdik va yaxshiroq harakat qilishni boshladik.

- Keyingi raqib Saudiya Arabistoni. Ular BAA bilan bir mintaqadan. Bu o'yinga qilinadigan tayyorgarlik avvaligisiga o'xshash bo'ladimi?

- Bir narsa deya olmayman. Dubaydagi turnirda ularga qarshi o'ynaganmiz. Saudiya o'z mintaqasidagi eng kuchli jamoa. Ularga qarshi o'yinda olingan tajriba bu safar foyda keltirishiga umid qilamiz.

- Har o'yinda asosiy tarkibdagi o'yinchilarni o'zgartirishni reja qilganmisiz?

- Albatta, shunday bo'lishiga umid qilaman. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика