So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  26 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

Yaponiya, Saudiya Arabistoni va Bahrayn Tokio-2020 haqida o'ylashni boshlashgan, biz-chi? Yangiliklar

Yaponiya, Saudiya Arabistoni va Bahrayn Tokio-2020 haqida o'ylashni boshlashgan, biz-chi?

Indoneziyada Osiyo o'yinlari musobaqasi davom etmoqda.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ushbu musobaqada guruhda yuz foizli natija qayd etib, 1/8 finalda Gonkongni yirik hisobda taslim qilib chorak finalga chiqqandi. Biroq yarim finalga chiqishimizga Janubiy Koreya yo'l qo'ymadi.

Yaqindagina O'FA rahbari tomonidan norasmiy deb aytilgan Osiyo o'yinlaridan oldin O'FA rahbariyati O'zbekiston terma jamoasi oldiga ushbu musobaqada chempionlikni vazifa qilib belgiladi. SHu bois ham Ravshan Haydarov xatto legioner maqomidagi Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov va Dostonbek Hamdamov kabi futbolchilarni Indoneziyaga olib ketishga urinib ko'rdi. Biroq FIFA kunlari bo'lmagani uchun "Rostov" va "SHarja" futbolchilarimizni qo'yib yubormadi. 

Faqat "Anji" Hamdamovni taxminan bir oyga terma jamoaga berib turishga rozi bo'ldi. Rahbariyat chempionlikni talab qilgani uchun bosh murabbiy tarkibga eng kuchli futbolchilarni jalb qildi, bunga qo'shimcha tarzda 3 nafar yoshi katta futbolchi ham Indoneziyaga olib ketildi. Natijada O'Zbekiston safida Osiyo o'yinlariga Tokio-2020da ishtirok etishi mumkin bo'lgan faqat 4 nafar futbolchiga joy tegdi xolos. Xojiakbar Alijonov, Bobir Abdixoliqov, Islomjon Qobilov va Jasurbek Yaxshiboev Indoneziyadagi musobaqada asosiy tarkib futbolchisi bo'lishmadi. Deyarli barchasi asosan zaxiradan o'yinga qo'shilishdi xolos.  



Ushbu tarkibdagi hech bir futbolchining yoshi Tokio-2020ga to'g'ri kelmaydi. 


Taqqoslash uchun finalga chiqqan Yaponiya tarkibidagi 20 futbolchining barchasi 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok eta oladi. Yani ularning hammasi 1997 yildan keyin tug'ilgan. Mana shu yosh bolalar bilan yaponlar finalga chiqishning uddasidan chiqishdi. Mayli, Yaponiya Olimpiada mezboni bo'lgani uchun hozirdan o'z uyidagi musobaqaga jiddiy tayyorlanmoqda deyishingiz mumkin, lekin Indoneziyaga Saudiya Arabistoni va Bahrayn ham xuddi yaponlar kabi to'liq olimpiya yoshidagi futbolchilar bilan tashrif buyurishdi. 

Eron esa 19 nafar mana shunday yosh futbolchi bilan Osiyo o'yinlarida ishtirok etdi. Yaponlar finalga chiqqani haqida yozdik, Bahrayn 1/8 finalda, Saudiya Arabistoni esa xuddi biz kabi chorak finalda yutqazib musobaqa bilan xayrlashishdi. Farqi ular yosh futbolchilar bilan, biz esa yoshi katta futbolchilar bilan chorak finalda mag'lub bo'ldik.  


2020 yil Yaponiyada bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqasida 1997 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilar ishtirok eta olishadi.



Osiyo o'yinlari-2018da ishtirok etgan va Tokio-2020ga yoshi to'g'ri keladigan futbolchilar kimda qancha edi?

Yaponiya - 20 (barchasi)
Saudiya Arabistoni - 20 (barchasi)
Bahrayn - 20 (barchasi)
Eron - 19
BAA - 12
Qatar - 11
Tailand - 11
Janubiy Koreya - 9
KXDR - 8
Qirg'iziston - 8
Xitoy - 6
Vetnam - 6
O'zbekiston - 4

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика