Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Le Norman – Evropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri"
11 sen 18:55
Yangiliklar
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Le Norman – Evropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jurnalistlar bilan suhbatda himoyachi Robin Le Normanning o'yini haqida gapirdi.
De la Fuente "Marca" nashriga bergan intervyusida Le Normanning o'yinidan juda mamnun ekanligini takidladi. Mutaxassis futbolchining kuchli tomonlaridan boxabarligini aytdi.

"Le Norman – Evropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri. Uni tanlaganimda, o'z ishini alo darajada bajaradigan va jamoamizning g'alaba qozonishiga yordam beradigan katta professional ekanligini juda yaxshi bilardim", – dedi de la Fuente.
Eslatib o'tamiz, Robin Le Norman "Atletiko"da o'ynaydi. Himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 6 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar