Saudiya Arabistonining ikki klubi MYU himoyachisiga qiziqmoqda
05 sen 20:23
Yangiliklar
Saudiya Arabistonining ikki klubi MYU himoyachisiga qiziqmoqda
Saudiya Arabistoni klublari "Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayrni sotib olmoqchi, deb yozmoqda "The Sun".
Nashr 32 yoshli angliyalikni tarkibiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klublar nomiga aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, himoyachining o'zi ham 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha "Manchester Yunayted"ni tark etish niyatida emas. Saudiya Arabistonida transfer oynasi 23 sentyabrga qadar ochiq bo'ladi.

"Manchester Yunayted" 2025/26 yilgi mavsumdan keyin Maguayrni erkin agent sifatida yo'qotishi mumkin; 2026 yilning yanvaridan boshlab u boshqa klublar bilan muzokara olib borish huquqiga ega. Angliyaliklar futbolchini Saudiya Arabistoni klublaridan biriga transfer qilish orqali pul ishlab olishi mumkin.
Futbolchining MYU bilan bitimi 2026 yilning 30 iyunida tugaydi. 2024/25 yilgi mavsum u 40 o'yinda 4 ta to'p kiritgan hamda 1 ta golga assistentlik qilgan.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 13 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar