"Al Ittihod" portugaliyalik yosh futbolchini 30 mln evrodan oshiqqa xarid qildi
06 sen 13:19
Yangiliklar
"Al Ittihod" portugaliyalik yosh futbolchini 30 mln evrodan oshiqqa xarid qildi
Saudiya Arabistonining amaldagi chempioni "Al Ittihod" o'z safiga yangi futbolchi qo'shib oldi.
Bu avvalroq "Braga"da o'ynagan vinger – Rojer Fernandesh. Futbolchining ketgani haqida Portugaliya jamoasi matbuot xizmati rasman malum qildi.
Saudiya Arabistoni klubi "Zenit" rahbariyatining vinger Pedroni qo'yib yuborishini kutib o'tirmadi va uning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ya qoldi. Transfer 32,5 million evroni tashkil qildi. Shuningdek, 2,5 million evro miqdoridagi bonus to'lovlari ham ko'zda tutilgan.
19 yoshli vinger o'tgan mavsum "Braga" safida 48 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uni 22 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar