Vadim Abramov: "Andijon" Azmiddinov qizil kartochka olgani uchun biz bilan hozir o'ynashga rozi bo'lmadi"
11 sen 17:22
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Andijon" Azmiddinov qizil kartochka olgani uchun biz bilan hozir o'ynashga rozi bo'lmadi"
Biroq O'zbekiston U-23 terma jamoasiga "Dinamo" klubidan 4 nafar futbolchi chaqiruv olgani bois, klub PFLdan mazkur bahsni bir kunga ko'chirishni so'radi. Biroq "Andijon" 17 sentyabr kuni OCHL 2 musobaqasida Turkmanistonda "Arkadag'" mehmoni bo'lishi sababli bunga rozi bo'lmadi.
"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov mazkur holat bo'yicha klub matubot xizmatiga quyidagicha intervyu bergan edi:
"Andijon"ga qarshi o'yin qoldirilgani albatta o'yin ritmiga tasir qiladi. Sababi "Neftchi"ga qarshi bahsgacha (20 sentyabr) rasmiy uchrashuvimiz bo'lmaydi. U-23 terma jamoasidagi futbolchilarimiz ixtiyorimizga qaytganidan keyin (10 sentyabr) yana 10 kun o'yin amaliyotisiz bo'lamiz. Bu qiyin, lekin nimadir o'ylab topishga harakat qilamiz.
Tushunamiz, "Andijon" futbolchisi o'tgan tur qizil kartochka olgan (Shahzod Azmiddinov), shu sabab ularga o'yinni hozir o'tkazmaslik qulay edi. "Andijon" 12 sentyabr kuni o'ynash taklifimizga rad javobini berdi.
Eslatib o'tamiz, yuqoridagi holatlar tufayli "Dinamo" - "Andijon" uchrashuvi 15 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar