Saudiya Arabistoni klublari "Chelsi"ning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
04 sen 19:52
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni klublari "Chelsi"ning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
"Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi va vinger Rahim Sterling ko'pgina Evropa chempionatlarida transfer oynasi yopilganiga qaramay, klubni tark etishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, ikkala futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya Arabistonida qo'shimcha ro'yxatdan o'tish muddati 10 sentyabrda tugaydi.
Sterling va Disasi bu mavsumda hali maydonga tushmadi. Boz ustiga, futbolchilar jamoaning qaydnomasiga ham kiritilmadi.
"Chelsi" 13 sentyabr kuni safarda "Brentford"ga qarshi maydonga tushadi. APL 4-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar