Yaponiya muxlislarga SHimoliy Koreyaga sayohat qilmaslikni maslahat berdi
21 mar 2024 22:35
Yangiliklar
Yaponiya muxlislarga SHimoliy Koreyaga sayohat qilmaslikni maslahat berdi
Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi futbol muxlislariga kelasi hafta Pxenyanda bo'lib o'tadigan JCH-2026 saralash o'yiniga tashrif buyurish uchun SHimoliy Koreyaga bormaslikni tavsiya qildi.
Yaponiya uzoq vaqtdan beri o'z fuqarolariga SHimoliy Koreyaga sayohat qilmaslikni maslahat berib kelgan, biroq ularga buni taqiqlagani yo'q. Ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas.
Qancha tomoshabin sayohatga chiqishga harakat qilishi aniq emas. Buning uchun ularga SHimoliy Koreya vizasi kerak bo'ladi. Yaponiyaning NHK telekanali malum qilishicha, o'n to'rtta hukumat vakili, shuningdek, oz sonli OAV xodimi "moviy samuraylar"ga hamrohlik qiladi.
Eslatib o'tamiz, bugun Yaponiyada o'tgan 3-tur uchrashuvida mezbonlar SHimoliy Koreyani 1:0 hisobida mag'lub etdi. Pxenyandagi 4-tur bellashuvi 26 mart kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar