"Yangier" Birinchi Ligada o'ynamaydi
12 mar 14:00
Yangiliklar
"Yangier" Birinchi Ligada o'ynamaydi
Biroq holat belgilangan muddatda bartaraf etilmagach, Yangier quruvchiga nisbatan ichki va xalqaro transferlarni amalga oshirish taqiqi belgilangandi.
Mazkur ish O'FA tegishli qo'mitasi tomonidan o'tgan yilning 18-dekabr kuni qayta ko'rildi. Qo'shimcha ravishda qator mahalliy murabbiy va futbolchilar klub ustidan shikoyat qildi. SHuningdek, joriy yilning 10 yanvariga qadar Yangier quruvchi Associaciya tomonidan belgilangan talabni bajarish uchun aloqaga ham chiqmadi.
Jamoa to'liq tarqalib ketgan. Qarzdorliklar esa o'z holicha qolgan. PRO-Liga yo'llanmasidan mahrum qilish sankciyasi qo'llanilganiga qaramay, holat ijobiy tomonga o'zgarmadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, PFL Yangier quruvchi jamoasini qatnashchilar safidan chiqarishga qaror qildi.
Fikrlar