Xoylund Anri, Xoland va Lukakudan ham yuqorida
21 fev 2024 11:51
Yangiliklar
Xoylund Anri, Xoland va Lukakudan ham yuqorida
Ana shu uchrashuvda "qizil iblislar" hujumchisi Rasmus Xoylund dubl qayd etdi. Bu daniyalik forvardning APLda ketma-ket oltinchi bellashuvda gol urishi. SHu tariqa, 21 yoshli Rasmus APLning ketma-ket 6ta o'yinida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu borada u Teri Anri, Romelu Lukaku va Erling Xoland kabi "yirtqich" hamkasblarini ortda qoldirdi.
APL tarixida ketma-ket 6ta o'yinda gol urgan eng yosh futbolchilar:
1. Rasmus Xoylund, "Manchester Yunayted" - 21 yosh 14 kunlik
2. Jo Uillok, "Nyukasl" - 21 yosh 272 kun
3. Erling Xoland, "Manchester Siti" - 22 yosh 73 kun
4. Romelu Lukaku, "Everton" - 22 yosh 213 kun
5. Teri Anri, "Arsenal" - 22 yosh 263 kun.

Bundan tashqari, Xoylund MYU afsonalari qayd etgan natijani ham takrorladi. Yani, shu kungacha MYUning faqatgina 3 nafar o'yinchisi ketma-ket 6ta uchrashuvda gol urishni uddalagan. Bular: Erik Kantona (1995/1996 yilgi mavsum), Krishtianu Ronaldu (2007/2008) va Ruud van Nistelroy (2001/2002, 2002/2003 va 2005/2006).

Angliya Premer ligasi turnir jadvali >>>>> APL
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar