Xose Enrike: "Liverpul" MYUni 5:0 hisobida yutishini xohlayman"
16 mar 2024 14:32
Yangiliklar
Xose Enrike: "Liverpul" MYUni 5:0 hisobida yutishini xohlayman"
"Liverpul" sobiq himoyachisi Xose Enrike "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" o'rtasida o'tkaziladigan bahs haqida fikr bildirdi.
Jamoalar Angliya Kubogi 1/4 finali doirasida to'qnash kelishadi. O'yin 17 mart kuni "Old Trafford" stadionida bo'lib o'tadi.
"Yakshanba kuni "Manchester Yunayted" yaxshi natijaga erishadi deb o'ylamayman. Men "Liverpul"da o'ynagan chog'lari MYU ustidan bunday ustunlikni his qilmaganman. U paytlar imkoniyatlar 50ga 50 edi.
Bahs "Liverpul" uchun og'ir o'tishi mumkin, ammo ular g'alaba qozonishadi deb o'ylayman. MYU "Old Trafford"da mehmondagi bahslardan yomonroq o'ynayapti.
"Liverpul" 5:0 hisobida g'alaba qozonishini xohlayman. Ayni damda ular ko'p gol urishmoqda, hujumda ishlar zo'r" - deydi sobiq himoyachi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar