Xeylund MYUdan ketganidan qattiq hafa bo'lgan. Hujumchi o'zini Sheshkodan yaxshiroq deb hisoblagandi
03 sen 02:20
Yangiliklar


Xeylund MYUdan ketganidan qattiq hafa bo'lgan. Hujumchi o'zini Sheshkodan yaxshiroq deb hisoblagandi
Transfer oynasining so'nggi kunida "Napoli" "Manchester Yunayted" hujumchisini 6 million evroga ijaraga oldi va 44 million evroga sotib olish huquqini qo'lga kiritdi.
The Athletic xabar berishicha, Xeylund 22 yoshida "Manchester Yunayted"da o'ynash orzusi puchga chiqqanidan "qattiq iztirob chekkan". Mavsum boshida daniyalik futbolchi klubda qolishini kutgan va shu bois jamoa bilan mavsumoldi tayyorgarligini boshlagan edi.
Bundan tashqari, Xeylund o'zini "Manchester Yunayted"ning yangi transferi Benyamin Sheshkodan yaxshiroq deb biladi. Rasmus mashg'ulotlarda buni isbotlab, klubda qolishga umid qilgandi.
"Manchester Yunayted" rahbariyati o'tgan mavsumda muvaffaqiyatsiz o'yin ko'rsatgani (52 o'yinda 10 gol) tufayli Xeylundni sotishga qaror qildi. The Athletic yozishicha, klub rahbarlari nazarida Xeylund o'tmishni, yani MYU ortiqcha pul sarflangan futbolchini gavdalantirardi. Shu sababli klub futbolchidan qutilishga harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar