Xendersonga Saudiya Arabistoni yoqmayapti
06 jan 2024 22:31
Yangiliklar
Angliya terma jamoasi xavbeki 2023 yilning yozida 12 mln. funt evaziga "Liverpul"dan Saudiya Arabistonining "Al Ittfoq" jamoasiga o'tgan edi. U kelishuvning 3 yillik davri mobaynida "Liverpul"dagi maoshidan 4 baravar ko'p daromad topishi belgilangan.
Malumotlarga ko'ra, Xenderson qishki transfer oynasida har qanday taklifni ko'rib chiqishga tayyor. Angliyalikda moslashish jarayoni og'ir kechmoqda, buning ustida jamoaning salbiy natijalari tufayli "Al Ittifoq" rahbariyati bosh murabbiy Stiven Jerrardga bosim o'tkazmoqda.
Ingliz nashrlarining yozishicha, "Liverpul" sobiq sardori Saudiya Arabistonidagi yangi hayot tarzi, iqlimi va yuqori namlikda kechadign o'yinlarga ko'nika olmagan.

Bundan tashqari, "Al Ittifoq" o'yinlariga muxlislarning kam kelishi unga yoqmayapti. Jamoaning stadioni o'z bag'riga 35 ming ishqibozni sig'dira oladi, ammo o'yinlarga o'rtacha tashrif 7800 kishini tashkil qilmoqda. SHu bilan birga Xendersonga Saudiya Arabistoniga ketganidan so'ng yog'ilayotgan tanqidlar tasir qilgan.
Jordanning fikricha, APLga qaytish uni terma jamoa safida Evro-2024da ishtirok etish imkoniyatlarini oshiradi. Xenderson jamoadoshlariga klubni tark etishni istayotgani haqida malum qilgan.
Yarim himoyachi maoshida sezilarli o'zgarish bo'lishi va yiliga 7 mln. funt soliq to'lashga majbur bo'lishiga qaramay, APLga qaytmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar