U-23 Osiyo Kubogi stadionlari
18 dek 16:38
Yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogi stadionlari
Bu hisob bo'yicha ettinchi Osiyo birinchiligi hisoblanadi. O'yinlar ikkita shahar — poytaxt Ar Riyod va Jiddada joylashgan jami 4 ta stadionda o'tkaziladi. Quyida shu stadionlar haqida malumot berib o'tamiz.
Prince Faisal Bin Fahd Stadium (Ar Riyod)
Sig'imi: 22 ming

Ushbu stadion musobaqaning 6 ta o'yinini o'zida qabul qiladi. Saudiya Arabistonidagi eng chiroyli stadionlardan biri hisoblanadi. Prince Faisal Bin Fahd Stadium 2027 yil bo'ladigan Osiyo Kubogi hamda 2034 yil o'tkaziladigan Jahon chempionati bahslariga ham mezbonlik qilishi ko'zda tutilgan.
Stadion ochilish tarixi 1971 yilga taqaladi. O'z paytida "Al Hilol", "Al Nassr" hamda "Al Shabab" klublarining uy arenasi bo'lib xizmat qilgan. JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni terma jamoasining KXDR va Qirg'izistonga qarshi uchrashuvlari shu stadionda bo'lib o'tgandi.
Darvoqe, O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati guruh o'yinlarini aynan shu erda o'tkazadi.
U-23 Osiyo chempionati bo'ladigan o'yinlar:
7 yanvar. O'zbekiston - Livan
8 yanvar. Iroq - Xitoy
10 yanvar. Eron - O'zbekiston
11 yanvar. Tailand - Iroq
13 yanvar. O'zbekiston - Janubiy Koreya
14 yanvar. Iroq - Avstraliya
Al Shabab Stadium (Ar Riyod)
Sig'imi: 14 ming

Ushbu o'yingoh 1984 yil ochilgan bo'lib, shundan beri "Al Shabab" klubining uy stadioni bo'lib kelmoqda. U qadar katta bo'lmagan, lekin shinam stadion. 2019 yil ushbu stadionda Qirol Kubogi uchrashuvi o'tkazilgandi. Bu arenada ham musobaqaning oltita uchrashuvi o'tkaziladi.
U-23 Osiyo chempionati bo'ladigan o'yinlar:
7 yanvar. Janubiy Koreya - Eron
8 yanvar. Avstraliya - Tailand
10 yanvar. Livan - Janubiy Koreya
11 yanvar. Xitoy - Avstraliya
13 yanvar. Eron - Livan
14 yanvar. Tailand - Xitoy
King Abdullah Sports City Hall Stadium (Jidda)
Sig'imi: 3 ming

Bu siz o'ylagan "Al Ittihod" va "Al Ahli" o'ynaydigan o'sha mashhur stadion emas. Balki shu shaharda joylashgan boshqa stadion bo'lib, U-23 Osiyo chempionatining 10 ta uchrashuvini o'zida qabul qiladi. Ushbu o'yingohda guruh bosqichining 6 ta bahsi, shuningdek ikkita chorak final, bitta yarim final va uchinchi o'rin uchun bahs o'tkaziladi.
U-23 Osiyo chempionati bo'ladigan o'yinlar:
6 yanvar. Vetnam - Iordaniya
7 yanvar. Yaponiya - Suriya
9 yanvar. Qirg'iziston - Vetnam
10 yanvar. BAA - Yaponiya
12 yanvar. Iordaniya - Qirg'iziston
13 yanvar. Yaponiya - Qatar
16 yanvar. 1/4 final
17 yanvar. 1/4 final
20 yanvar. 1/2 final
23 yanvar. 3-o'rin uchun bahs
Prince Abdullah Al Faisal Sports City Stadium (Jidda)
Sig'imi: 27 ming
1970 yilda foydalanishga topshirilgan ushbu stadion navbatdagi U-23 Osiyo chempionati uchun asosiy o'yingoh vazifasini o'taydi. Ushbu arenada ham 10ta o'yin bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan. Eng asosiysi musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvi aynan shu erda bo'lib o'tadi.
Biz yuqorida aytib o'tgan Saudiya Arabistonining ikki grand klubi - "Al Ittihod" va "Al Ahli" uy uchrashuvlarini aynan ushbu stadionda o'tkazib kelmoqda. Stadionga boraverishda arena uzoqdan juda chiroyli ko'rinadi. Ichi ham hashamatli. Juda ko'p xalqaro bahslarga mezbonlik qilgan.
U-23 Osiyo chempionati bo'ladigan o'yinlar:
6 yanvar. Saudiya Arabistoni - Qirg'iziston
8 yanvar. Qatar - BAA
9 yanvar. Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10 yanvar. Suriya - Qatar
12 yanvar. Saudiya Arabistoni - Vetnam
13 yanvar. BAA - Suriya
16 yanvar. 1/4 final
17 yanvar. 1/4 final
20 yanvar. 1/2 final
24 yanvar. Final
Malumot uchun, U-23 Osiyo chempionatida jami 32 ta uchrashuv o'tkaziladi.
Xayrulla Xoliqov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar